+998 -532-32-61
  info@17-maktab.uz

Maktab tarixiga bir nazar

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan maktab – internati binosi 1958 yilda qurilgan. Maktab – internatida  1973 yilgacha tumandagi kam ta’minlangan oila farzandlari o‘qitilgan. 1973 yilda Buxoro viloyati SHofirkon tumanidagi eshitish imkoniyati cheklangan bolalar maktab –internati ko‘chirib keltirilgan va 1973 yilning sentyabridan e’tiboran  viloyat axolisining eshitish imkoniyati cheklangan farzandlarini o‘qitish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Maktab – internatiga tajribali pedagog Hasan Ataullaevich Ataullaev raxbarlik qilgan. O‘quv — tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida Aglieva Rima Sungatovna, tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi vazifasida Ibod Salimov,  surdopedagog vazifasida Z. Zaysova faoliyat yuritgan.

1986 yilda X. Ataullaev qarilik nafaqasiga kuzatilgach, Ibroxim Ismoilov maktab-internat direktori etib tayinlangan. M. Xakimova, R. G‘aybullaeva ilmiy bo‘lim mudiri, Ibod Salimov ma’naviyat –ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari  vazifasida faoliyat yuritgan.

1998 yilda I. Ismoilov qarilik nafaqasiga chiqadi. Amin Jo‘raevich Amonov maktab –internat direktori etib tayinlanadi. Bu yillarda  X. Qiyomova, A. To‘raeva o‘quv –tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, G. Nurullaeva  maktab –internat metodisti vazifasida ishladi.

 2009 yildan — 2012 yilgacha A. V. To‘raeva maktab –internat direktori vazifasida ishladi.