+998 -532-32-61
  info@17-maktab.uz

Ziyo maskani bugungi kunda…

Muassasaning to‘liq nomi:  Karmana tumanidagi 25-sonli eshitish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab – internati
Maktab – internatning maqsadi — eshitish imkoniyati cheklangan bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berish, ulardagi nuqsonlarni korreksiyalash,  to‘lqonli shaxs  sifatida shakllanishi va ijtimoiylashuviga ko‘maklashish.

Maktab – internat kontingenti:  252 nafar eshitish imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiya oladi. SHulardan 28 nafari bog‘cha guruxi tarbiyalanuvchilaridir.  Maktab –internatda  jami 23 ta sinf-komplekti mavjud bo‘lib, ularda 224  nafar  o‘quvchi ( 121 nafari qizlar, 54 %) ta’lim-tarbiya oldilar.

Pedagogik  jamoa:  Maktab –internatda 78 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. SHulardan  18 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bo‘lib, o‘qituvchilarning 16 nafari defektologiya, surdopedagogika yo‘nalishida qayta tayyorlov kurslaridan o‘tgan.   Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari 10 nafarni, rus tili o‘qituvchilari 3 nafarni, tarix fani o‘qituvchilari 2 nafarni tashkil etadi. SHu 15 nafar o‘qituvchi  filologiya yo‘nalishidagi fanlar metod birlashmasiga birikkan. O‘qituvchilardan 13 nafari defektologiya –surdopedagogika yo‘nalishida qayta tayyorlov kursidan o‘tgan. Matematika – informatika fani o‘qituvchilari 4 nafarni, fizika fani o‘qituvchisi 1 nafar, kimyo fani o‘qituvchisi 1 nafar, biologiya fani o‘qituvchilari 2 nafar, geografiya fani o‘qituvchisi 1 nafar, jami  9 nafar o‘qituvchi tabiiy fanlar metod birlashmasiga birlashtirilgan. O‘qituvchilarning barchasi qayta tayyorlov kursidan o‘tgan  defektolog – surdopedagog. Musiqali –ritmika fani o‘qituvchilari  3 nafar, rasm fani o‘qituvchisi 1 nafar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 3 nafar, mexnat ta’limi fani o‘qituvchilari  9 nafar jami 16 nafar o‘qituvchi estetik yo‘nalishdagi fanlar metod birlashmasiga birikkan. O‘qituvchilardan  12 nafari defektologiya –surdopedagogika yo‘nalishida qayta tayyorlov kursidan o‘tgan. Eshitishni taraqqiy ettirish va talaffuzga o‘rgatish fanidan  13 nafar o‘qituvchi dars  beradi. 3 nafar bog‘cha guruxi surdopedagogi bilan birga 16 nafar o‘qituvchidan iborat  korreksion fan o‘qituvchilari metod birlashmasi tashkil topgan.  SHulardan  7 nafari  defektolog, 9 nafari qayta tayyorlov kurslaridan o‘tgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridir.